O‘zbekiston-Jazoir diplomatik munosabatlari o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi

 30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi bilan Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari Vladimir Norov va Ramtan Lamamra o‘zaro tabrik almashdilar.

Xususan, O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. V.Norov hamkasbini muhim sana bilan tabriklar ekan, so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Jazoir munosabatlari o‘ziga yangi mazmun va mohiyat kasb etib, yuqori marralar sari yuksalib borayotganini qayd etdi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan davlatlararo hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish mumkinligiga ishonch bildirildi.

O‘z navbatida, Jazoir tashqi siyosat mahkamasi rahbari R.Lamamra ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ishonch, hurmat va teng huquqlilik tamoyillariga asoslanganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Jazoir tomoni Oʻzbekiston bilan siyosat, iqtisodiyot va xavfsizlik sohalarida hamkorlikni jadallashtiri boʻyicha samarali choralar koʻrishga tayyorligi ma’lum qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий