O‘zbekiston Gayana Kooperativ Respublikasi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

 

Gayana Kooperativ Respublikasi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 142-davlat bo‘ldi.

2022-yilning 10-oktabr kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Gayana Kooperativ Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommunike imzolandi.

Ikki davlat hukumati nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov va Gayana Kooperativ Respublikasining BMTdagi doimiy vakili Karolayn Rodriges Birket imzoladi.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qo‘shma hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar. Hamkorlikning oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarini izlash uchun ikki tomonlama aloqalarni davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Hujjatning imzolanishi O‘zbekistonning Janubiy Amerika davlatlari bilan o‘zaro hamkorligini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий