O‘zbekiston fuqarolariga BAAga tashrif buyurish uchun vizasiz tartib joriy etilmoqda

 2024-yil 16-yanvar kuni BAA Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari o‘rtasida kirish viza talablaridan o‘zaro ozod etish to‘g‘risidagi hamkorlik protokoli imzolandi.

Hujjat O‘zbekiston Respublikasining BAAdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdulaziz Aqqulov va BAA Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xolid Abdulla Belhul tomonidan imzolandi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari 30 kundan oshmagan muddatda BAA hududida bo‘lishi davrida viza talablaridan ozod etiladi.

Hujjat rasman 2024-yil 16-fevraldan kuchga kiradi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий