O‘zbekiston Elchisi Vengriya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

 2022-yilning 17-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining Vengriyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Abat Fayzullayev (qarorgohi Vena shahrida joylashgan) Vengriya Prezidenti Katalina Novakga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Budapesht shahridagi “Sandor Palota” saroyida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda faxriy qorovul saf tortdi va Prezident qarorgohining Mehmonlar kitobiga yozuv kiritildi.

Qisqa suhbat chog‘ida K.Novak O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan jadal o‘zgarishlar va keng ko‘lamli islohotlardan xabardorligini ta’kidladi. U, shuningdek, o‘tgan yili strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan O‘zbekiston-Vengriya munosabatlarining bugungi ijobiy sur’atini yuqori baholadi.

K.Novak Vengriya tomonining O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli barcha sohalarda do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga intilishini ma’lum qildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий