O‘zbekiston Elchisi Gretsiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

 

O‘zbekiston Respublikasining Gretsiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Rim shahrida) Otabek Akbarov Afina shahrida Gretsiya tashqi ishlar vaziri Nikos Dendias bilan uchrashdi.

Uchrashuvda umumiy kun tartibidagi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston – Gretsiya munosabatlarining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

N.Dendias O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Gretsiya O‘zbekiston bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama masalalar bo‘yicha muloqot va hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor.

Bo‘lajak qo‘shma tadbirlarning kun tartibi va jadvali, xususan, Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda o‘zaro manfaatli bo‘lgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий