O‘zbekiston delegatsiyasining Tehrondagi ikki tomonlama muzokaralari to‘g‘risida

 

Osiyoda hamkorlik muloqoti tashqi ishlar vazirlari kengashining 19-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Valid bin Abdulkarim al-Xorijiy, Qatar Davlati tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad al-Murayxiy, Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Shri Dammu Ravi va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar bo‘yicha davlat vaziri Ahmad bin Ali Al Sayeg bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muloqotlarda O‘zbekiston bilan ushbu davlatlar o‘rtasidagi siyosiy, diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, iqtisodiy diplomatiyani jadallashtirish va mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha bir qator aniq takliflarni ko‘rib chiqdilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий