O‘zbekiston delegatsiyasining MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisidagi ishtiroki to‘g‘risida

 

2023-yil 12-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Ozarbayjon, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamda MDH Bosh kotibi Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi va MDH Davlat rahbarlari kengashi ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan hujjatlar loyihalarini ma’qulladi. 

***

Shuningdek, Bishkekda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Belarus tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik bilan ham muzokaralar o‘tkazdi. Vazirlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning qator istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar, bo‘lajak almashinuvlar jadvali hamda iqtisodiy diplomatiyaga alohida e’tibor qaratdilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий