Oʻzbekiston delegatsiyasining “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” 15-hamkorlik forumidagi ishtiroki toʻgʻrisida

 2022-yilning 23–26-oktabr kunlari Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” 15-hamkorlik Forumida ishtirok etish uchun Koreya Respublikasiga tashrif buyuradi.

Boʻlajak Forum kun tartibidan sogʻliqni saqlash, raqamlashtirish, turizm, atrof-muhit va iqtisodiy xavfsizlik sohalarida oʻzaro hamkorlik masalalari oʻrin olgan.

Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi tashqi siyosat idoralari rahbarlari, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar, ilmiy va ekspert doiralari vakillari ishtirok etadi.

Oʻzbekiston delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi doirasida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham rejalashtirilgan.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий