O‘zbekiston delegatsiyasining Italiyaga tashrifi toʻgʻrisida

 2023-yilning 29-yanvar – 2-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Italiyada bo‘ldi.

Tashrif doirasida Muxtor vazir, Italiya Prezidentining diplomatik maslahatchisi F.Kasseze, Vazirlar kengashi raisining diplomatik maslahatchisi F.Talo, Mudofaa vaziri G.Krozetto, Ichki ishlar vaziri M.Piantedozi, shuningdek, Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri o‘rinbosari E.Chirielli va Italiya hukumatining boshqa rasmiy shaxslari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Shuningdek, tashrif doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Bosh direktori Tsuy Dunyu, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) prezidenti A.Lario, Xalqaro tashkilotlar Italiya jamiyati vitse-prezidenti R.Sessa bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi.

Tadbirlar chog‘ida siyosiy, iqtisodiy, savdo-investitsiyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

2023-yilga rejalashtirilgan ikki tomonlama tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий