O‘zbekiston delegatsiyasining Fransiyaga tashrifi
22-oktabr kuni Parij shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi strategik sheriklikning hozirgi holati hamda uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, ta’lim va barqaror rivojlanish sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot yakunida mintaqaviy va global kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashilib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni ikki va ko‘p tomonlama yo‘nalishlarda izchil davom ettirish borasida kelishuvga erishildi.


