O'zbekiston delegatsiyasining AQShga bo'lajak tashrifi haqida

 2022 yilning 12-14 - dekabr kunlari Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Amerika Qo'shma Shtatlariga tashrif buyuradi.

Vashington shahrida delegatsiya O'zbekiston va AQSh o'rtasidagi strategik sheriklik muloqotining ikkinchi yig'ilishida ishtirok etadi.

Tashrif doirasida O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken hamda AQShning boshqa rasmiylari bilan muzokaralar o'tkazadi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий