O‘zbekiston delegatsiyasi Tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida betaraflik do‘stlari guruhining yuqori darajadagi uchrashuvida ishtirok etdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov boshchiligidagi delegatsiya Turkmaniston Hukumati tomonidan Ashxobod shahrida tashkil etilgan “Tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida betaraflik do‘stlari guruhi”ning yuqori darajadagi uchrashuvida ishtirok etdi.

Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari, Ozarbayjon, Eron tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari, BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar ekspertlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov o‘z nutqida tadbir ishtirokchilariga mamlakat rahbariyatining tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.

Joriy yilda qabul qilingan 2022–2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining maqsad va vazifalari, shuningdek, davlatimiz rahbarining yirik xalqaro forum va tadbirlarda ilgari surgan muhim tashabbuslari, jumladan, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, davlatlarning transport-kommunikatsiya aloqalari rivojlantirish, iqtisodiyotlarning global inqirozning kuchayib borayotgan salbiy oqibatlariga moslashuvi borasidagi sa’y-harakatlar to’g’risidagi g’oyalari alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekistonning qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish borasidagi sa’y-harakatlari, O‘zbekiston Prezidentining BMT shafeligida majburiyatlarni bajarish algoritmini ishlab chiqish bo‘yicha xalqaro muzokaralar guruhini tuzish haqidagi tashabbusini amalga oshirish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, joriy yil sentabr oyida bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lida hamjihatlik borasidagi Samarqand tashabbusining asosiy mazmun-mohiyati, maqsad va ahamiyati tushuntirildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий