O‘zbekiston delegatsiyasi Pokiston Prezidenti tomonidan qabul qilindi
2024-yil 9-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy tomonidan qabul qilindi. Vazir O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomlarini yetkazdi. Ikki tomonlama munosabatlarda hali foydalanilmagan ulkan salohiyatni roʻyobga chiqarishga qaratilgan ???????????????? aloqalarini kengaytirishga tarafdorlik qayd etildi. Uchrashuv kun tartibida iqtisodiy diplomatiyadagi muhim imkoniyatlarni ko‘rsatuvchi keng ko‘lamli mavzular muhokama qilindi. Davlat tashkilotlari va xususiy sektor vakillari o‘rtasida mustahkam hamkorlikni rag‘batlantirish bildirildi.