O‘zbekiston delegatsiyasi Pokiston Bosh vaziri tomonidan qabul qilindi

 

2024-yil 8-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif tomonidan qabul qilindi. Vazir O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish, ikki tomonlama va mintaqaviy aloqalarning ulkan istiqbollari hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi muloqot yuzasidan fikr almashildi. Iqtisodiy, investitsiyaviy, parlamentlararo, madaniy va ikki xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni kengaytirishga qaratilgan har tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga o‘zaro tayyorlik qayd etildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий