O'zbekiston delegatsiyasi MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig’ilishida ishtirok etadi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov 2022-yil 12-oktabr kuni Ostona shahrida bo'lib o'tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig'ilishida ishtirok etadi.
Tadbir davomida xalqaro kun tartibi va MDH doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiniladi Shuningdek, o’zaro aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar qabul qilinishi ko'zda tutilgan.