O‘zbekiston delegatsiyasi Iroq Bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

 

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Iroq Bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Fuad Husayn bilan uchrashdi.

Iroq tomoni O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali sheriklikni yanada mustahkamlash va o‘zaro ustuvor sohalarda hamkorlik ko‘lamini kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi.

Siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish va madaniy-gumanitar almashinuvni mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi. Iroq tomoni O‘zbekiston mahsulotlarining Iroq bozoriga chiqishi va O‘zbekistondan import turlarini kengaytirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Uchrashuvda bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali ham muhokama qilindi. 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий