O‘zbekiston delegatsiyasi II Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy taʼlim vazirlari konferensiyasida ishtirok etdi

 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri Agreppina Shin boshchiligidagi delegatsiya 2022-yil 5-7-iyun kunlari Taylanda o‘tkazilgan II Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy taʼlim vazirlari konferensiyasida ishtirok etdi.

O‘zbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra,  anjuman Yaponiya Trast fondi, Tailand Ta’lim vazirligi, YUNISEF va YUNESKOning Osiyo va Tinch okeani mintaqasi taʼlim boʻyicha byurosi tomonidan tashkillashtirildi hamda “Ta’limni yanada sezgir, mos va barqaror ta’lim tizimlarida qayta qurish va o’zgartirish: BRM 4 (Barqaror rivojlanish maqsadlari) – Ta’lim 2030 sari taraqqiyotni tezlashtirish” mavzusida o‘tkazildi. Unda Osiyo va Tinch okeani mintaqasidan 300 ga yaqin delegatlar ishtirok etdi.

Konferensiya doirasida 2022-yilning 5-iyun kuni tashkil etilgan “Kichik yoshdagi bolalarga taʼlim va tarbiya berish” mavzusidagi parallel sessiyada Maktabgacha taʼlim vazirining oʻrinbosari Nodir Muslitdinov “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim sohasida moliya, inklyuziv taʼlim va pedagog kadrlar masalasi” mavzusida maʼruza soʻzladi. 

O‘zbekistonning maktabgacha taʼlimni nafaqat mamlakat miqyosida, balki xalqaro miqyosda rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasi ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi.

***

Tadbir doirasida 2022-yil noyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkazilsihi rejalashtirilgan Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish boʻyicha II butunjahon konferensiyasiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha maslahat yigʻilishi oʻtkazildi. 

Yigʻilish ochilish qismida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʻlim vaziri A.Shin va YUNESKO Bosh direktorining Taʼlim masalalari boʻyicha oʻrinbosari Stefaniya Jannini nutq soʻzladi.

Tadbirda Toshkent konferensiyasiga tayyorlarlik boʻyicha Yoʻl xaritasi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

***

Tashrif doirasida O‘zbekiston Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin YUNESKO Ijroiya Kengashi raisi Tamara Siamashvili bilan ikki tomonlama muzokaralar ham o‘tkazdi.

Uchrashuvda umumiy kun tartibidagi dolzarb mavzular, bo‘lajak tadbirlar jadvali, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish malasalalari muhokama qilindi. 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий