O'zbekiston delegatsiyasi Dushanbe shahrida bo'lib o'tadigan xalqaro konferentsiyada ishtirok etadi

 

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov 2022-yil 18-19 - oktabr kunlari Dushanbe shahrida bo'lib o'tadigan "Terrorizmga qarshi kurash va terrorchilar harakatlanishining oldini olish uchun chegaralar xavfsizligi hamda chegara nazorati sohasidagi xalqaro va mintaqaviy hamkorlik" mavzusidagi yuqori darajadagi xalqaro konferentsiyada ishtirok etadi.

Tadbir Tojikiston Respublikasi hukumati, BMTning Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo'yicha mintaqaviy markazi, Yevropa Ittifoqi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Saudiya Arabistoni Podsholigi va Qatar Davlati tomonidan tashkil etilmoqda.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий