O‘zbekiston delegatsiyasi Doha shahrida bo‘lib o‘tgan biznes-forumda ishtirok etdi

 

Dohada Osiyo hamkorlik muloqoti doirasida “Sun’iy intellekt va yangi biznes” mavzusida biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimiz delegatsiyasi, shuningdek, 200 dan ortiq vazirlik, idoralar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va biznes tuzilmalari vakillari ishtirok etdi.

Qatar Davlati savdo va sanoat vaziri Shayx K. al-Soniy o‘zining qutlov nutqida hamkor mamlakatlarda davlatlararo raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, elektron tijorat sohalari va platformalarini ilgari surish, shuningdek, hukumat va xususiy sektor o‘rtasida yangi biznes modellarini yaratish ustuvor yo‘nalishlar ekanini ta’kidladi.  

O‘zbekiston tomonining nutqida iqtisodiyotning muhim tarmoqlari – savdo, sanoat, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida sun’iy intellektni joriy etishning asosiy vazifalari va yo‘nalishlari alohida qayd etildi.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni yetkazib berish zanjirlarida sun’iy intellektdan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish va bu yo‘nalishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklif qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий