O‘zbekiston delegatsiyasi Belgiyaga tashrif buyurdi

Joriy yil 22-oktabr kuni Bryussel shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Belgiya Qirolligining Bosh vazir o‘rinbosari, tashqi ishlar, Yevropa ishlari va taraqqiyot bo‘yicha hamkorlik vaziri Maksim Prevo bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi sur’atlari va istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro maydondagi hamkorlikni yanada faollashtirish masalalariga e’tibor qaratdi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash hamda ilgari surilgan qo‘shma tashabbuslarni amaliy natijalarga aylantirish borasida qat’iy intilishlarini tasdiqladilar.


