O‘zbekiston Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etmoqda

 2022-yil 23-may kuni Londonda Butunjahon taʼlim forumi oʻz ishini boshladi.

Buyuk Britaniya hukumati ko‘magida tashkil etilgan mazkur tadbir ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan kasb-hunar ta’limi tashkilotlari rahbarlari va boshqa sohaviy tuzilmalar vakillarining yillik eng yirik yig‘ilishi hisoblanadi.

Bu yil forum “Ta’lim: birga olg‘a intilish – kuchliroq, ishonchliroq, yaxshiroq” shiori ostida o‘tkazilmoqda. Tadbirda dunyoning 115 davlatidan delegatlar ishtirok etib, ular sohaning dolzarb tendensiyalari va muammolarini muhokama qiladi, ta’limning qulayligi, sifati va inklyuzivligini oshirish bo‘yicha innovatsion yechimlar, fikr va tajriba bilan almashadi.

Butunjahon taʼlim forumida Oʻzbekiston Respublikasidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Prezident taʼlim muassasalari agentligi rahbarlari va masʼul xodimlaridan iborat delegatsiya ishtirok etmoqda.

Delegatsiya yaqin kunlarda O‘zbekistonning Londondagi Elchixonasi ko‘magida Buyuk Britaniyaning rasmiy va akademik doiralari vakillari bilan bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Elchixonasida mamlakatimizning taʼlim tizimini rivojlantirish strategiyasi, Buyuk Britaniya bilan bu boradagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari taqdimot va brifing oʻtkazish rejalashtirilgan.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий