O‘zbekiston-Bangladesh hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
2023-yil 24-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev va O‘zbekistonning Bangladeshdagi faxriy konsuli Taher Shoh o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda madaniy-gumanitar va ta’lim sohasidagi hamkorlikni faollashtirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ziyorat turizmi yo‘nalishida sayyohlar almashinuvini yanada ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi.