O‘zbekiston-Bahrayn munosabatlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

 

2024-yil 24-iyun kuni Osiyo hamkorlik muloqotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi doirasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Bahrayn Podshohligi tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid al-Zayaniy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda O‘zbekiston-Bahrayn munosabatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Bahrayn ko‘p qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun salmoqli salohiyatga ega ekani ta’kidlandi. Shu nuqtayi nazardan, umumiy kun tartibining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni oshirish va o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi bildirildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий