“O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya” muloqotining bo‘lajak birinchi yig‘ilishi to‘g‘risida

 2022-yil 2-avgust kuni Toshkent shahrida “O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya” muloqotining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda uch mamlakatning tashqi siyosat, savdo, iqtisodiyot va transport masalalari uchun mas’ul bo‘lgan vazirliklari rahbarlari ishtirok etadilar.

Tomonlar O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya o‘rtasidagi mintaqaviy va xalqaro siyosat, savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar va transport sohalaridagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qiladilar.

Uchrashuv davomida mazkur yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yangi takliflar ishlab chiqiladi.

Tadbir yakunida Toshkent deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий