O'zbekiston- Latviya siyosiy maslahatlashuvlari bo'lib o'tdi
Toshkentda O‘zbekiston-Latviya siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. Latviya delegatsiyasiga Latviya Respublikasi Davlat kotibi o‘rinbosari – Tashqi ishlar vazirligining siyosiy direktori Ivars Lasis boshchilik qildi.
Maslahatlashuvlar davomida tomonlar dolzarb masalalarni va O‘zbekiston va Latviya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni faollashtirish va kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy soha, mehnat migratsiyasi, madaniy-gumanitar aloqalar, shuningdek, transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Ikki davlatning xalqaro maydondagi o‘zaro hamkorligi ham ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar yakunlari boʻyicha turli darajadagi tashriflar almashinuvini birgalikda ishlab chiqish, ikki tomonlama munosabatlarning zamonaviy huquqiy asoslarini shakllantirish, madaniyat va taʼlim sohasidagi tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini 2025-yilda Rigada o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.