O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tabrik
Aziz vatandoshlar!
O‘zbek tilimizning xorijdagi do‘stlari!
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi jamoasi 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan barchani samimiy muborakbod etadi.
Mustaqilligimiz asoslaridan bo‘lmish davlat tili nafaqat qadriyatlarimiz, an’analarimiz, ta’limimiz va madaniyatimizni shakllantiruvchi muhim vosita, balki xalqaro maydonda o‘zligimizning yaqqol ifodasidir.
Bugungi kunda o‘zbek tilining rivoji va uning jahon hamjamiyatidagi o‘rnini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
70 ga yaqin xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ona tilimiz o‘rganilishi, 30 dan ortiq mamlakatlarda “O‘zbek tili do‘stlari” klublari tashkil qilinganligi, shubhasiz, tilimizning xarqaro darajada mavqei yuksalayotganidan dalolat beradi.
Ona tilimiz – bu milliy iftixorimiz!
O‘zbek tili bayrami barchaga muborak bo‘lsin!