Ozarbayjon Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2024-yil 7-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Guseyn Guliyevni qabul qildi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar ikki tomonlama va ko‘p tomonlama munosabatlardagi misli ko‘rilmagan sur‘atlarini qayd etdilar. Suhbat davomida 2025-yilda O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi strategik hamkorlikni rivojlantirishga oid muhim kun tartibi belgilab olindi.