OTBning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv

 

2023-yil 20-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Furqat Sidikov Osiyo taraqqiyot bankining mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari v.b. Enriko Pinali bilan uchrashdi.

OTB xalqaro moliya institutlari orasida O'zbekiston uchun muhim va strategik sheriklardan biri hisoblanadi. Xususan, bugungi kunda jami 2,8 milliard dollarlik 20 dan ortiq loyihalar amalga oshirilayotgani ta'kidlandi. 

Uchrashuvda OTBning O'zbekiston bilan 2024-2027 - yillarga mo'ljallangan hamkorligining yangi strategiyasini tasdiqlash bo'yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

OTB O'zbekiston milliy taraqqiyot strategiyasiga muvofiq tizimli islohotlarni amalga oshirishda konsultativ yordam ko'rsatishda davom etadi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий