Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning norasmiy uchrashuvi to’g’risida
Nyu-York shahrida O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Qozog'iston tomoni tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida tashkil etilgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo'yicha kengashining norasmiy vazirlari uchrashuvida ishtirok etdi.
Tadbirda Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Bahrayn, Iordaniya, Hindiston, Eron, Pokiston, Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlar vakillari qatnashdi.
Kengashning 2022-yil 12-13 - oktabr kunlari Ostona shahrida bo'lib o'tadigan oltinchi sammitiga tayyorgarlik ko'rish, uning yakuniy hujjatlarni kelishish masalalari muhokama qilindi.
Mamlakatimiz delegatsiyasi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Kengash doirasidagi aniq taklif va tashabbuslari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.