Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengash ijrochi direktorining boʻlajak tashrifi toʻgʻrisida

 2022-yilning 3-4-iyun kunlari Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash ijrochi direktori Qayrat Saribayning O‘zbekistonga tashrifi bo'lib o'tadi.

Delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralarida, jumladan, Tashqi ishlar vazirligida, uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazadi.

Muloqotlarda O‘zbekiston va Kengash o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli yo‘nalishlardagi hamkorlikning hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий