Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki vitse-prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-yil 7-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki vitse-prezidenti Lyudger Shukxnext bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Bank boshqaruv kengashining joriy yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan 9-yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.