O‘mon Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari bilan uchrashuv haqida

 

Joriy yil 21-sentabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidikov O‘mon Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Salim al-Junaybiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Jumladan, tomonlar ushbu yo‘nalishda keng imkoniyatlar mavjudligini taʼkidlab, bu borada ishbilarmon doiralarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha aniq ishlarni amalga oshirishga kelishdilar.

Tomonlar Masqat shahrida “Made in Uzbekistan” savdo ko‘rgazmasini o‘tkazish va O‘mon ishbilarmon vakillarining O‘zbekistonga tashrifini uyushtirishga kelishib oldilar.

Shuningdek, o‘monlik tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatida O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy imkoniyatlari haqida taqdimot o‘tkazildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий