Oʻmon Elchisi bilan “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi

 2022-yil 7-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Furqat Sidiqov Oʻmon Sultonligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad al-Qasiriy bilan uchrashdi.

Suhbat chogʻida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va yanada rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, mamlakatlar oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar yakunlari boʻyicha qabul qilingan “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Turli darajadagi boʻlajak qoʻshma tadbirlar jadvali koʻrib chiqildi.

Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий