O‘mon Elchisi bilan uchrashuv

 2022-yilning 16-avgust O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov O‘mon Sultonligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad al-Kasiriyni qabul qildi.

Tomonlar O‘zbekiston-O‘mon munosabatlari tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Ikki tomonlama asosda va xalqaro institutlar doirasida, shuningdek, “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti formatida siyosiy va diplomatik hamkorlikni faollashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Turli darajadagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvali, jumladan, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini tashkilashtirish masalalari muhokama qilindi.

Hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanish, o‘zaro savdo hajmini oshirish va diversifikatsiya qilish, transport yo‘laklarini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni davom ettirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni ko‘rishga tayyor ekani ma’lum qilindi.

Shuningdek, madaniy-gumanitar sohada aloqalarni chuqurlashtirish bo‘yicha qator takliflar ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий