O‘mon Elchisi bilan uchrashuv
2022-yil 31-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov O‘mon Sultonligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad al-Kasiriyni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va yanada rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro aloqalar muhokama qilindi.
Muloqotda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.