Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o'rinbosari bilan uchrashuv

 

2022-yil 29-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining professional ta'limni rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari Sadoqat Siddiqova bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan aholini kasb-hunarga tayyorlash va professional ta’lim markazlar faoliyatini takomillashtirish bo'yicha videoselektor yig'ilishida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda Tashqi ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qilishdan iborat.

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarnig mamlakatimiz hududlarida tashkil etilayotgan professional tayyorgarlik markazlariga har tomonlama ko'maklashishlari to'g'risida kelishuvga erishildi. Xususan, dunyoning yetakchi mamlakatlari tajribasini o'rganish asosida mazkur muassasalar faoliyatini yaxshilash bo'yicha aniq, asosli takliflar ishlab chiqiladi. 

Ushbu markazlar faoliyatiga xorijiy mutaxassislar va konsalting kompaniyalarini jalb qilish rejalashtirilmoqda. O'zbekistonlik mutaxassislarini o'qitish bo'yicha xorijiy tuzilmalar ishtirokida qo'shma loyihalarni amalga oshirish ko'zda tutilgan.

O'zbekiston Respublikasining chet eldagi har bir diplomatik vakolatxonasini mamlakatimizning barcha hududlaridagi kasbiy ta’lim markazlariga biriktirish taklif etildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий