O 'zbekistondagi Amerika savdo palatasi prezidenti bilan uchrashuv to'g'risida

 

2023-yil 13-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Furqat Sidikov Amerika savdo palatasining O'zbekistondagi prezidenti Oybek Xalilovni qabul qildi.

Uchrashuvda Amerika savdo palatasi bilan O'zbekistonda AQSh biznesini yanada kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish va, umuman, ikki tomonlama O'zbekiston-Amerika savdo-iqtisodiy hamkorligini chuqurlashtirish bo'yicha hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida yaqin aloqalarni davom ettirish to'g'risida kelishuvga erishildi, shuningdek kelajakda qo'shma tadbirlarni amalga oshirish rejalari kelishib olindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий