O 'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Hay'atining majlisi to'g' risida

 

2022-yil 9-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov raisligida O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Hay'atining majlisi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Vazir o'rinbosarlari va maslahatchilari, TIV bo'linmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. 

Tashqi ishlar vazirligiga yuklangan vazifalar ijrosi jarayoni tanqidiy tahlil qilinib, TIV faoliyati natijadorligini oshirishga to'sqinlik qilayotgan muammolar o'rganildi.

Vazirlik tizimining kadrlar salohiyatini mustahkamlashga alohida e'tibor qaratildi. 

Personalni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, zamonaviy talablarni hisobga olgan holda xodimlar malakasini oshirish, yosh mutaxassislarni jalb etish, "TIV Markaziy apparati – xorijdagi diplomatik faoliyat – akademik faoliyat" tamoyili bo'yicha diplomatik kadrlarni rotatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo'yicha takliflar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo'yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий