Nyu-Yorkdagi uchrashuvlar samarali davom etmoqda

 

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiyaning BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasida ishtirok etish maqsadida Nyu-Yorkka tashrifi davom etmoqda. 

Sessiya doirasida quyidagi mamlakatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi:

Tojikiston, Malayziya, Slovakiya, Venesuela, Koreya Respublikasi, Vengriya, Burundi, Qozog‘iston, Angola.

Quyidagi tuzilmalar va tashkilotlar rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi: "BMT-ayollar", Osiyoda o‘zaro hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash, "American Global Strategies", iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi, shuningdek "Citi", "FedEx", "Visa", "JPMorgan" kompaniyalari rahbariyati, "UrnexBrands", Minnesota soya yetishtiruvchilar uyushmasi,"Thermoplan".

Uchrashuvlarda o‘zaro manfaatlarning barcha sohalarida hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash, turli shakllardagi bo‘lajak tadbirlar jadvali, mintaqaviy va global kun tartibining dolzarb mavzulari va boshqa masalalar muhokama qilindi. 

Uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha quyidagi hujjatlar imzolandi:

- O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;

- O‘zbekiston va Vengriya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida diplomatik kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro Anglashuv memorandumi;

- O‘zbekistonning Burundi bilan diplomatik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma kommyunike. 

Vazir B.Saidov Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu janoblari bilan birgalikda BMT Kotibiyatiga O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi bitimni kiritdi.

Baxtiyor Saidov Turkiy davlatlar tashkiloti tashqi ishlar vazirlari Kengashining majlisida ishtirok etdi, shuningdek, BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasida nutq so‘zladi.  Vazir o‘z nutqida barchani Iqlim o‘zgarishi, kambag‘allik, texnologik nomutanosiblik kabi dolzarb muammolarni hal qilishda barchani yaqinroq global hamkorlikka chaqirdi. 

Quyidagi asosiy takliflar ilgari surildi:

rivojlanayotgan davlatlar imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida xalqaro moliya tizimini isloh qilish;

- barcha uchun xavfsiz, foydalanish mumkin bo‘lgan raqamli texnologiyalar bilan ta'minlash;

- iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro hamkorlikni, ayniqsa Markaziy Osiyoning zaif mintaqalarida kuchaytirish;

- ayollar va yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish;

- terrorizm va korruptsiyaga qarshi kurashishda harakatlarimizni birlashtirish;

- Markaziy Osiyo va undan tashqarida transport koridorlari va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish;

- Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolari uchun o‘quv markazini Global o‘quv markaziga aylantirish.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий