Nyu York shahrida TDT Tashqi ishlar vazirlari kengashining norasmiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2023-yil 22-sentabr kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining norasmiy yig‘ilishida ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilari hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar hamda BMT va IHT bilan hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratdilar. Mintaqaviy sheriklikni mustahkamlash, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va umumiy muammolarni hal qilish uchun birgalikda ishlashni davom ettirishga kelishib olindi.