Nukusda O‘zbekiston-Turkmaniston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 

2024-yilning 1-7-aprel kunlari Nukus shahrida O‘zbekiston-Turkmaniston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston-Turkmaniston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish boʻyicha ishlar davom ettirildi, jumladan, Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi Davlat chegarasini demarkatsiya qilish boʻyicha hukumatlararo komissiyaning qoʻshma majlisiga tayyorgarlik koʻrish masalasi koʻrib chiqildi.

Uchrashuv an’anaviy do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik muhitida o‘tdi.

Tadbir yakunida tegishli bayonnoma imzolandi.

Navbatdagi uchrashuv Turkmaniston hududida bo‘lib o‘tadi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий