Norvegiyaning yangi tayinlangan elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi

15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Norvegiyaning mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Xelen Sand Andresendan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
O‘zbekiston va Norvegiya aloqalarida hali ro‘yobga chiqmagan katta salohiyat mavjudligi qayd etildi.
TIV rahbari elchining mamlakatimizdagi diplomatik faoliyati davomida barcha sohalardagi keng imkoniyatlarni ishga solishda muvaffaqiyatlar tiladi.


