Nikaragua va Ugandaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan birinchi elchilari bilan uchrashuvlar

 2024-yil 16-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nikaragua va Ugandaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan birinchi elchilari – Tatyana Daniyela Garsiya Silva hamda Moses Kavaaluuko Kizigeni qabul qildi.

Nikaragua Elchisi bilan ikki tomonlama munosabatlarda, ayniqsa, iqtisodiy yo‘nalishda foydalanilmagan ulkan imkoniyatlarni o‘rganish mexanizmlari, shuningdek, aloqalarimiz aniq natijalarini ta’minlashda tashqi ishlar vazirliklarining roli muhimligi qayd etildi.

Uganda elchisi bilan uchrashuvda Ugandaning Qo‘shilmaslik Harakatiga muvaffaqiyatli raisligi olqishlandi va O‘zbekistonning Harakatga 2027-2029-yillarda bo‘lajak raisligini qo‘llab-quvvatlash yuqori baholandi. Tomonlar tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning yo‘lga qo‘yilishi mamlakatlar xalqlari farovonligi yo‘lida istiqbolli hamkorlik uchun mustahkam poydevor yaratishini qayd etdilar. Kun tartibida ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, foydalanilmayotgan salohiyatni ro‘yobga chiqarish masalalari ham muhokama qilindi.

Vazir Elchilarga mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий