Niderlandiyaning Pokiston va Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili bilan muzokaralar toʻgʻrisida

 2022-yil 2-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Gaaga shahrida Niderlandiyaning Pokiston va Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Maks Valstar bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Niderlandiyaning afgʻon inqirozini tinch yoʻl bilan hal etish, mamlakatga tezkorlik bilan insonparvarlik va boshqa yordamlar koʻrsatish borasidagi saʼy-harakatlari muhokama qilindi.

Maks Valstar Oʻzbekistonning bu boradagi saʼy-harakatlarini yuqori baholab, ularni oʻz vaqtida va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan, deb taʼkidladi.

Shuningdek, mamlakatning yangi hukumati tomonidan xalqaro hamjamiyatning asosiy talablari – keng vakillikka asoslangan hukumatni yaratish, asosiy inson huquqlari, jumladan ayollar va qizlar, shuningdek, milliy ozchiliklarni hurmat qilish muhimligi qayd etildi.

Maks Valstar Oʻzbekiston tomonining Afgʻoniston yangi hukumatiga nisbatan jahon hamjamiyatining yaxlit pozitsiyasini ishlab chiqmasdan turib, oʻtkir ijtimoiy-gumanitar inqirozni bartaraf etish, shuningdek, milliy iqtisodiyotni toʻliq tiklash mumkin emas, degan fikriga qoʻshildi. .

Tomonlar afgʻon masalasi maslahatlashuvlarni muntazam davom ettirishdan oʻzaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий