“NatStrat” strategiya va xavfsizlik tadqiqotlari markazi maslahatchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2024-yil 9-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Hindistonning “NatStrat” strategiya va xavfsizlik sohasidagi tadqiqotlar bo‘yicha mustaqil notijorat markazi maslahatchisi Shantanu Mukerji bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida mintaqaviy xavfsizlik masalalari, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha mumkin bo‘lgan birgalikdagi harakatlar muhokama qilindi.
Hindiston tomoniga O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinch siyosiy jarayonga ko‘maklashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlari, shuningdek, ushbu mamlakatda amalga oshirilayotgan transport-kommunikatsiya loyihalari haqida ma’lumot berildi.
Sh.Mukerji O‘zbekistonning Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatish, uning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklashdagi faol ishtirokini alohida qayd etdi.