Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Bosh kotibi bilan uchrashuv
2024-yil 28-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistondagi parlament saylovida MDH kuzatuvchilari missiyasiga rahbarlik qilayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Bosh kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar yaaqinda bo‘lib o‘tgan MDH sammitida erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, bo‘lajak tadbirlar jadvali kabi masalalarni muhokama qildilar.