MOMAMM direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-yilning 25-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ular prekursorlarining qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga qarshi kurashish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazi (MOMAMM) direktori Atageldi Yazliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Markaziy Osiyo mintaqasida giyohvandlik tahdidiga qarshi kurashish, xususan, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish sohasida MOMAMM doirasida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.