Mo‘g‘uliston TIV davlat kotibi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-yil 31-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Anxbayar Nyamdorj bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston an’anaviy do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi. Siyosiy va parlamentlararo muloqotni faollashtirish, shartnomaviy-huquqiy bazani takomillashtirish va qo‘shma kooperatsiya, eng avvalo, agrosanoat sohasida istiqbolli loyiha va dasturlarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.