Mo‘g‘uliston kuzatuvchilari delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 2024-yil 28-oktabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida vazir o‘rinbosari I.Haydarov “Mo‘g‘uliston-O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi rahbari S.Erdenebat boshchiligidagi mo‘g‘ulistonlik kuzatuvchilar bilan uchrashdi.

Xorijlik kuzatuvchilar O‘zbekistonda, ayniqsa, delegatsiya hozir bo‘lgan Buxoroda saylovga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rilgani va xalqaro demokratik standartlarga mosligini ta’kidladi.

Ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va ularni rivojlantirishning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini ham muhokama qilindi.

Chorvachilik va AKT sohasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini Mo‘g‘ulistonga eksport qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий