Misr va Qatar ShHTning muloqot bo‘yicha hamkoriga aylandi

 

2022-yil 14-sentabr kuni Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Sammitiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Misr Arab Respublikasi va Qatar Davlatiga ShHTning muloqot bo‘yicha hamkori maqomi berish to‘g‘risidagi Memorandumlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Hujjatlarni ShHT Bosh kotibi Chjan Ming, Misr Arab Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Hamdi Sanad Loza va Qatar Davlat Tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad al-Murayxiy imzoladilar.

O‘zbekiston tomonidan tadbirda Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov ishtirok etdi.

Memorandumlar ShHT va yuqoridagi davlatlar oʻrtasida mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik, savdo va investitsiya, energetika, AKT, qishloq xoʻjaligi, transport va kommunikatsiyalar, madaniyat, fan va texnologiyalar, taʼlim, sogʻliqni saqlash, turizm va boshqa sohalarda hamkorlikni nazarda tutadi.

Hamkor davlat maqomi tashkilotga a’zo davlatlarning taklifiga binoan ShHT doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish huquqini beradi.

Memorandumlar ular imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.

Memorandumlarni imzolash boʻyicha ishlar Oʻzbekiston tomonidan ShHTga raisligi doirasida hamda tashkilot Davlat rahbarlari kengashining tegishli qarorlarini amalga oshirish maqsadida tashkil etildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий